TO‘QSONBOSTI EKINLAR - MO‘L HOSIL GAROVI
Toyloq tumani Fermerlar kengashi raisi dagi Uzunqishloq mahallasida “Aholi tomorqalari va dehqon xo‘jaliklari yer maydonlariga kuzgi to‘qsonbosti ekinlarini ekish, tomorqalardan samarali foydalanish bo‘yicha seminar o‘tkzildi. Unda iloyat Samarqand viloyati Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi xodimi O.Arziqulov, tuman fermerlar kengashi raisi Gʻ.Quliyev, mahalla raislari va hokim yordamchilari ishtirok etishdi.
Tuman Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan o‘tkazilgan seminarda uzunqishloqlik tajribali dehqon Qo‘chqor Muyinov to‘qsonbosti ekinlarini ekish, parvarishlash va mo‘l hosil olish borasidagi bilim va tajribalari bilan o‘troqlashdi. Aholining sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘la qondirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida 2025 yil hosili uchun hozirdan harakatga kirishish, ekinlarni o‘z vaqtida ekib, agrotexnik tadbirlarni bajarish zarurligi ta’kidlandi.