insurez
26-07-2024 15:07

Tepaqishloqda katta tantana bo‘ldi


  Toyloq tumanidagi Tepaqishloq mahallasi joriy yilda  “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” me’zonlari doirasida obodolnlashtirilib, qishloq infratuzilmasi tubdan yaxshilandi. Aholining qulay sharoitlarda yashashi uchun ichki imkoniyatlar yaratib berildi.      


   Bugun mazkur mahallada katta shodiyona bo‘ldi. Sababi bir kunda uchta ijtimoiy soha ob’yektlari foydalanishga topshirildi. 
   Dastlab mahalla fuqarolari, faollari, tuman sektorlari rahbarlari, mehnat faxriylari va jamoatchilik vakillari mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan joriy ta’mirlanib, zamonaviy qiyofa kasb etgan mahalla binosining ochilish marosimida qatnashishdi. 


    Tadbirdan so‘z olgan tuman hokimi Bahodir Bobonazarov mahalla ahlini bugungi tantana bilan qutladi.  U o‘z so‘zida mamlakatimizda mahalla tizimiga alohida e’tibor qaratilayotganligi, mahalla fuqarolar yig‘inlari uchun  yangi binolar barpo etilib, samarali faoliyat olib borish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilayotganligini ta’kidladi.

Teglar
- -