Suv tekin emas!
Ayni kunlarda "Samarqand suv ta’minoti" AJ Toyloq tuman filiali tomonidan tumanning Xo‘jayuz mahallasidagi suv inshootlari ma’nan eskirganligi va ta’mirga muhtoj bo‘lganligi sababli, suv minorasini kapital ta’mirlash va ranglash ishlari amalga oshirilmoqda. Filial xodimlari tomonidan mahallalardagi eskirgan suv inshootlari bosqichma bosqich ta’mirlanadi.
Xalqimizda "Ummon oldida tursang ham, bir tomchi suvni isrof qilma!", degan naql bor. Ushbu naqlga amal qilib, suvni tejash, uni isrof qilmaslik haqida ko‘p gapiramiz. Lekin joylarda ayrim fuqarolarning beparvoligi oqibatida ichimlik suvining behuda oqib yotayotganiga guvoh bo‘lamiz. Endi suv tekin emasligini, uni kelajak avlod uchun asrashimiz va tejashimiz kerakligini anglamog‘imiz lozim.
Shu o‘rinda, aholidan ichimlik suvini isrof qilmaslik va iste’mol qilingan ichimlik suvi to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshirishlarini so‘raymiz.