Suv tejovchi texnologiyalar: qulay va samarador
Mutaxassislar yaqin 15 yil ichida dunyo bo‘yicha suv resurslari tanqisligi 40 foizga yetishi mumkinligini aytmoqda. Bu muammo sabab tug‘ilishi mumkin bo‘lgan katta xavf-xatarlarning oldini olish maqsadida mamlakatimizdagi kabi Toyloq tumanida ham tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish tizimini yo‘lga qo‘yish orqali suvdan maqsadli foydalanish choralari ko‘rilmoqda.
Xususan, bugun Toyloq tumani seleksiya agrosanoat fermer xòjaligining dala maydonida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish bòyicha kòrgazmali seminar tashkil etildi. Unda mutaxassislar fermer xo‘jaliklari rahbarlariga suv tejovchi texnologiyalarning afzalligi, ekin hosildorligiga ta'siri haqida ma'lumotlar berdi.