insurez
09-09-2024 17:35

Sayyor qabul - muammolar yechimiga yo'l



 
      Bugun Sariosiyo mahallasida Toyloq tuman IIB boshlig’i, 3-sektor rahbari Oybek Xo’jamovning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.     
       Qabulda fuqarolardan moddiy va tibbiy yordam, subsidiya asosida uy-joy olish,  elekt energiyasi, gaz ballon muammosi, shuningdek, boshqa oilaviy masalalarga oid  murojaatlar kelib tushdi.    
    Murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topildi, ayrimlariga mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahatlar berildi. Muddat talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash yuzasidan mutasaddi rahbarlar zimmasiga aniq vazifalar yuklandi.

 

Teglar
- -