insurez
10-10-2024 16:40

Raqamlashtirish - cohani rivojlantirish drayveri


 

   Bugun Toyloq tumani Davlat xizmatlari markazi binosida tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Doston Urokov ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

   Tadbirda D. Urokov advokatura institutini kuchaytirish, ushbu soha faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.

  So‘nggi yillarda mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotga o‘tish, barcha sohalarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish ishlari jadal rivojlanmoqda. Buning natijasida aholiga xizmat ko‘rsatish sifati yanada kuchaymoqda va bir qator sohalar vakillari faoliyatining samaradorligi oshmoqda. - deydi D. Urakov.

    Taraqqiyot strategiyasining 19-maqsadi – “Advokatura institutining inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi salohiyatini tubdan oshirish, shuningdek, aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining malakali huquqiy xizmatlarga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish”dan iborat.

   Advokatura institutini kuchaytirish, ushbu soha faoliyatini raqamlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.05.2022 yildagi “Advokatura faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarning tezkorlik bilan olinishini ta’minlash maqsadida advokatura, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa davlat organlari o‘rtasida elektron ma’lumot almashinuvini samarali yo‘lga qo‘yish belgilangan.

    Shunga muvofiq, e-advokat.uz axborot tizimida “Yozishmalar” bo‘limi tashkil qilindi.

  Shuningdek, siz endilikda ushbu bo‘limda shakllantirilgan xatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri «IJRO.GOV.UZ» orqali Ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimiga ulangan davlat tashkilotlariga yuborishingiz mumkin bo‘ladi.

  Bundan tashqari, Yuridik yordam” (e-advokat.uz) axborot tizimida advokatlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida advokatlarning elektron orderlarini Mobile-ID bilan tasdiqlash ishga tushirildi. Mobile-ID tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, SMS-xabardagi tasdiqlash kodi orqali tasdiqlashingiz mumkin.

Teglar
- -