insurez
30-08-2024 11:59

Rahbar va yoshlar uchrashuvi


    Bugun Toyloq tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek Ochilov Birlik mahallasidagi o‘ziga biriktirilgan og‘ir toifadagi yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagida ota-onaning mas’uliyati, farzandlarimizni ta’lim-tarbiya olishga, kasb-hunar egallashga yo‘naltirish va qiziqtirish, ular o‘rtasaida sodir etilishi mumkin bo‘gan jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida so‘z yuritildi. 
    Shuningdek, tadbir davomida yoshlarning muammolari, kelajakdagi reja va maqsadlari tinglandi.
    Uchrashuv so‘ngida U. Ochilov yoshlarga kitoblar jamlanmalarini sovg‘a qildi.

Teglar
- -