insurez
23-08-2024 18:39

Quyosh panellari tejamkor texnologiya


  Toyloq tumanida muqobil energiya resurslaridan foydalanish loyihalari, “Quyosh panellari” va “Quyosh suv isitish qurilmalari”ni ijtimoiy soha, tashkilot va korxona ob’yektlari, tadbirkorlik sub’yektlari, yangidan barpo etilayotgan ko‘p qavatli turar-joylar va aholi xonadonlariga o‘rnatishni keng targ‘ib qilish maqsadida ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.
   Unda tuman sektorlar, korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahallalar raislari va tadbirkorlar ishtirok  etishdi.  

 


   Seminarda quyosh panellari, suv isitish qurilmalari, gaz tejovchi garelkalar ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi tadbirkorlar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etishdi va qurilmalarning afzalliklari,  o‘rnatish tartibi,  narxi haqida ma’lumot berishdi. 
   Seminar davomida ishtirokchilar muqobil energiya resurslaridan foydalanish uchun jihozlar sotib olish hamda bepul o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

 

Teglar
- -