Qurilish ob/ektlari o'rganildi
Ayni kunlarda Toyloq tumanida ijtimoiy soha ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilish borasidagi ishlar jadallik bilan olib borilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi “2024 — 2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida tumandagi 6-umumta’lim maktabida 360 o‘rinli qo‘shimcha bino, 8-umumta’lim maktabida 420 o‘rinli qo‘shimcha bino, qolaversa, 2 hamda 4-maktabgacha ta’lim tashkilotlari binolari rekonstruksiya qilinib, barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Tuman hokimi Bahodir Bobonazarov qurilish ishlari bilan tanishish maqsadida mazkur ob’yektlarda bo‘ldi. Quruvchilarga ish sifatiga e’tibor berish va belgilangan muddatda ishni yakunlash bo‘icha ko‘rsatmalar berdi.