PROKUROR VA YOSHLAR UCHRASHUVI BO‘LIB O'TDI
Toyloq pedagogika kollejida tuman prokurori 2-sektor rahbari A.X.Abdullayev, tuman hokimining yoshlar ishlari bo'yicha o'rinbosari J. Haqberdiyev hamda yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi rahbari A. Suyunboyev va mas’ul tashkilot xodimlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida yoshlar tomonidan ta'lim krediti olish, davolanish, bolalar nafaqasi, uy-joy uchun subsidiya olish, o'qishga kirish, tadbirkorlik qilish maqsadida imtiyozli kredit olish boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi.
Ijrosi muddat talab qilinadigan masalalarni hal etish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berilib ijrosi nazoratga olindi.