insurez
14-06-2024 14:25

PRESS_TUR


Toyloq tumani “Yangi Oʻzbekiston” massivida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan press-tur tashkil etildi.

Unda sohaga masʻullar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Taʻkidlanganidek, “Yangi Oʻzbekiston” massivi qurilishi 3 bosqichda amalga oshirilmoqda:

 

I bosqich – 2024-yilda 12 ta koʻp xonadonli uy-joy qurilishi rejalashtirilgan.
II bosqich – 2025-yilda 16 ta koʻp xonadonli uy-joylar, 1 ta 360 oʻrinli DMTT, mahalla markazi savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari qurilishi rejalashtirilgan.
III bosqich – 2026-2027-yillarda 15 ta koʻp qavatli uy-joylar, 1 ta 990 oʻrinli maktab, 100 qatnovli oilaviy poliklinika, 1 ta yoshlar markazi hamda savdo markazi va xizmat koʻrsatish obyektlari qurilishi rejalashtirilgan.

Press-turda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullardan javob oldilar.

Teglar
- -