insurez
21-09-2024 15:23

Otinoyilar bilan davra suhbati o‘tkazildi


   Bugun Toyloq tumanidagi 1 va 3-sektor hududidagi mahallalar otinoyilari va xotin-qizlar faollari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda tuman "Ayollar targ‘iboti" guruhi rahbari M.Yo‘ldosheva, tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi mutaxassisi D.Qobilovalar ishtirok etishdi.
    Davra suhbati davomida  otinoyilarning faoliyati tahlil qilinib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar xususida so‘z yuritildi. Shuningdek, tadbir davomida otinoyilar va mahalla hamkorligini yo‘lga qo‘yish, to‘y-ma’rakalarni ixchamlashtirish, isrofgarchilikning oldini olish, oila mustahkamligini ta’minlash, xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik, o‘z joniga qasd qilish kabi noxushliklarning oldini olishda targ‘ibot ishlarini kuchaytirish haqida so‘z yuritildi.

Teglar
- -