insurez
08-04-2024 10:08

Open budjet:1-mavsum yakunlandi


       Shu yilning 1-fevraldan 4-aprel kuni soat 23:59 ga qadar o’tkazilgan 1-mavsum tashabbusli budjet jarayonlarida Toyloq tumani bo’yicha fuqarolar tamonidan jami 122 ta loyiha ilgari surilib, ularning 110 tasi ishchi komissiya tomonidan saralab olindi.

    Jamg’armada shakillangan 16 mlrd. 752 mln. 100 ming  so’m mablag’lar doirasida ovoz berish bosqichi yakunlariga ko’ra, 13 ta loyiha (50343 ta ovoz  to’plagan holda ) g’olib topilmoqda.

1. Talli ota MFY Qiyot qishlog'i 2500 metr ichki ko'chalariga asfalt qoplamasi yotqazish uchun (6545 ta ovoz).

2. Talli ota mahallasining «Mehr», «Iqbol» va «Nizomiddin Xomush» ko'chalarining 2200 metr ta'mirtalab ko'chalarini ta'mirlash va asfalt yotqizish ishlari uchun  (5577 ta ovoz).

3. Yangi Hayot MFY Navqoz qishlog'ining ichki yo‘llari uchun 3 km asfalt qoplamasi yotqizish ishlari uchun (4236  ta ovoz).

4. Toyloq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazidagi yopiq suzish havzasini zamonaviy ko’rinishda ta’mirlash ishlari uchun (4159 ta ovoz).

5. Yuqumli kasalliklar bo'limini oqova suvlari tarmog’ini qayta tamirlash va ko’kalamzorlashtirish, kapital tamirlash ishlari uchun (3989 ta ovoz).

6. Xonchorbog’ mahallasidagi Sochakipoyon-2 ko‘chasi 1000 metr, Jahongirmirzo ko‘chasi 1000 metr, Ishbilarmon ko‘chasi 240 metr, Xo‘jandiy ko‘chasini 600 metriga asfalt qoplamasini yotqizish uchun  (3847 ta ovoz).

7. Birlik mahallasidagi 420 ta xonadonlar uchun ichimlik suvi minorasini qurish va 6 kilometr suv quvurini tortish.(3796 ta ovoz).

8. Beklar mahallasiga qarashli Tabassum kuchasi 800 metr, Sochakipoyon ko’chasi 700 metr, Diyonat ko’chasi 600 metr. Beklar kuchasi 100 metr, Hosilot ko’chasi 100 metr, Fargona ko’chasiga 300 metr asfalt qoplamasini yotqizish. (3575 ta ovoz).

9. Istiqlol MFY Sarbon ko‘chasiga 1600 metr, Allomalar ko‘chasiga  600 metr, jami 2200 metr qismini asfalt qoplamasini yotqizish (3535 ta ovoz).

10. O’rtaqishloq MFY Farovonlik ko‘chasi 400 metr, Gʻuzor ko‘chasi 800 metr, Sadoqat ko‘chasi 800 metr ichki yo‘llariga asfalt qoplamasini yotqizish. (3289 ta ovoz)

11.Toyloq tumani 31-umumta’lim maktabiga faollar zali hamda oshxona qurish va kerakli jihozlar bilan taminlash.(3219 ta ovoz)

12. Toyloq tuman 31-son DMTT binosini tamirlash yangi oshxona qurish va yozgi ayvoncha qurish ishlarini amalga oshirish. (2633 ta ovoz)

13. Toyloq tuman Ukrach OPda joylashgan Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyat filiali Toyloq tuman stansiyasiga qarashli Ukrach shaxobchasini to’liq tamirlash va maxsus tez tibbiy yordam avtomashinalariga turarjoy qurish ishlarini amalga oshirish. (1943 ta ovoz)

    Demak, joriy yilning 1-mavsum tashabbusli budjet jarayoni yakunlariga ko’ra, tumandagi 1 ta mahallada aholini ichimlik suvi bilan taminlash,Toyloq tuman olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazidagi yopiq suzish havzasini zamonaviy ko’rinishda ta’mirlash, Tibbiyot birlashmasiga qarashli Bog’izog’on MFYdagi yuqumli kasalliklar bo’limining oqova suvlarini tamirlash, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 31-umumta’lim maktabi va 31-DMTTlarni qurilish ta’mirlash ishlari hamda 6 ta mahallada ichki yo’llarga asfalt yotqizish ishlari amalga oshiriladi.

 

 

 

 

 

 

Teglar
- -