NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
2-sektor hududidagi Birlik mahallasida tuman prokurori, 2-sektor rahbari hamda mas’ul tashkilot xodimlari ishtirokida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan moddiy yordam, elektr, suv, davolanish, oilaviy janjal, bolalar nafaqasi va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi.
Ijrosi muddat talab qilinadigan masalalarni hal etish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.