insurez
08-05-2024 17:10

Navbatdagi matbuot anjumani o'tkazildi


 

  Bugun Toyloq tuman hokimligida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda Toyloq tumani Davlat kadastrlari palatasi Toyloq tumani filiali rahbari Bobur Mustafoqulov hamda tuman Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi Farrux Halimovlar ishtirok etdi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

   2022-yil 20-apreldagi “Qurilish sohasiga oid yagona ma’muriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi hamda ko‘chmas mulkka nisbatan kadastr hujjatlarini raysmiylashtirish va huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

   Ta’kidlanishicha, tuman qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limiga 2024-yilning o‘tgan davrida yuridik va jismoniy shaxslardan Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali jami 765 ta arizalar kelib tushgan. Arizalar bo‘lim mutaxasisslari tomonidan tegishli tartibda o‘rganib chiqilib, 519 ta arizaga ijobiy xulosa va ruxsatnomalar berilgan, 246 ta arizaga rad etilgan.

    Jumladan, mazkur qarorning:

   2-ilovasi “Bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish bo‘yicha” 2024-yil mobaynida Ijtimoiy ob’yektlar (maktab, bog‘cha shifoxona va boshqalar)ni rekonstruksiya qilish, hududidan qo‘shimcha binolar qurish, jismoniy va yuridik shaxlarga tegishli ob’yektlarni rekonstruksiya qilish hamda turar joy toifasidagi ob’yektlarni noturar joy toifasiga ixtisoslashtirish yoki aksincha noturar joy toifasidagi obektni turar joy toifasiga ixtisoslashtirish bo‘yicha 98 ta arizalar kelib tushgan.

   Arizlar bo‘lim mutaxasisslari tomonidan joyida tegishli hujjatlar asosida o‘rganilgan va mazkur qarorning 19-bandi hamda  shaharsozlik norma va qoidalari talablariga mos kelmaganligi sababli 61 ta arizalarga rad javobi berilgan. 37 ta arizaga tegishli tartibda shaharsozlik hujjatlarini rasmiylashtirib, qurilish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berilgan.

 

 “Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha” bo‘limga ikki qavatdan yuqori bo‘lmagan, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan yoki umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lmagan yakka tartibdagi uy-joylar va 300 metr kubdan ortiq bo‘lmagan noturar bino va inshootlarni qurish yuzasidan 390 ta arizalar kelib tushgan.  Mazkur qarorining 19-bandi hamda  shaharsozlik norma va qoidalari talablariga mos kelmaganligi sababli, 152 ta arizalar rad qilingan. 238 ta arizlar ijobiy xulosalar berilgan.

   - 2024-yilning o‘tgan 4 oyi davomida xizmat ko‘rsatish sohasida Kadastr pasportini shakllantirish uchun elektron tarzda davlat kadastrlari palatasining Toyloq tuman  filialiga yuborilgan ariza (buyurtma)lar soni  720 tani tashkil qiladi, -deydi tuman Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi Farrux Halimov. - Shundan 611 tasi Davlat xizmatlari markazlari orqali, 109 tasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelgan. 516 ta arizalar yakunlangan, to‘lov jarayonidagi arizalar soni 47 ta, jarayondagi arizalar soni 18 ta. Kelib tushgan ariza (buyurtma)larning 139 tasi rad etilgan.

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 3-avgustdagi PQ-2571-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida «Kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish integratsiyalashgan tizimi» (UZKAD) ishlab chiqilib, birinchi bosqichda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerdan foydalanish va mulk huquqlarining hisobini yuritish uchun ko‘chmas mulkka egalik huquqini hisobga olish moduli ishlab chiqilib, ishga tushirildi. «Kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish integratsiyalashgan tizimi»da (UZKAD) 99 foiz  3064 ta foydalunuvchilarga tegishli 16980.10  ga qishloq xo‘jaligi yer maydonlari  tizimga kiritilib, elektron xaritalari yaratildi va milliy geoaxborot portaliga yuklangandi.

   Ikkinchi bosqichda ijtimoiy soha ob’yektlar, korxona, tashkilot va muassasalar foydalanishidagi noturar binolar kiritilib, huquqlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (340 ta.

   Jumladan: 68 ta umumta’lim maktablari, 41 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti, 192 ta korxona va tashkilotlarning binolari, 39 ta ko‘p qavatli uy joylar.  

   3-bosqichda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli noturar binolari migratsiya qilinib, xuquqlari qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmoqda.
  Ushbu tizim amaldagi barcha axborot tizimlarini o‘z ichiga olgan holda  jamlaydi va ko‘chmas mulkning barcha ma’lumotlarini bir tizimda jamlash va boshqarish imkonini beradi.

Teglar
- -