Nafaqadagi ustoz oʼquvchilar bilan uchrashdi
Toyloq tuman “Nuroniylar” jamoatchilik kengashi aʼzosi, Oʼzbekiston Xalq demokratik partiyasi tuman kengashi raisi Qahhor Nizomov 29-umumtaʼlim maktabining 11-sinf oʼquvchilari bilan uchrashdi. Unda nafaqadagi ustoz Q. Nizomov mamlakatimizda intellektual salohiyatli, maʼnaviy barkamol, jismonan sogʼlom avlodni tarbiyalash masalasiga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilayotganligi, Oʼzbekistonda “Uchinchi Renessans” poydevorini yaratish davri boshlanganini, yangi Uygʼonish davrini esa bilimli va salohiyatli yoshlar yaratishini taʼkidladi.
Shuningdek, Oliy taʼlim muassasalarish, kasb-hunar oʼrganish, hayotda oʼz oʼrnini topa bilish, yaratilayotgan imkoniyatlardan toʼgʼri foydalanish, ustozlarni hurmat qilish, kitobga, ona tabiatga mehr qoʼyish haqida soʼz yuritildi
Shundan soʼng, nafaqadagi ustoz oʼquvchilarga fizika fanidan dars oʼtdi va darsda faol ishtirok etgan oʼquvchilarga kitoblar sovgʼa qildi.