insurez
10-07-2024 14:12

Murojaatlar tinglandi


   Toyloq tumanidagi Xo‘jayuz mahallasida tuman hokimining fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.     
    Unda tuman hokimi  B. Bobonazarov, tuman IIB boshlig‘i O. Xo‘jamov, tuman idora va tashkilotlar rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.
    Qabulda fuqarolardan moddiy yordam, elektr energiyasi, ichimlik suvi,  ish bilan ta’minlash, shuningdek, boshqa oilaviy masalalarga oid  murojaatlar kelib tushdi.    


  Murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topildi, ayrimlariga mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahatlar berildi. Muddat talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash yuzasidan mutasaddi rahbarlar zimmasiga aniq vazifalar yuklandi.

Teglar
- -