insurez
20-05-2024 11:29

Matbuot anjumani o'tkazildi


 

   Bugun Toyloq tumani hokimligida mahallalar kengashi tuman bo‘limi boshlig‘i Akmal Mirzoyev ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda OAV vakillariga mahalla fuqarolar yig‘inlarining moddiy texnik ba’zasini mustahkamlash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi. 

   -Tumanda 50 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari mavjud bo‘lib,  mahalla yettiligi samarali faoliyat olib borishi uchun barcha shart sharoitlar yaratib berilgan. Xususan 2020-2024-yillarda tumandagi 16 ta mahalla binolari zamonaviy talablarga mos darajada qurilib, foydalanishga topshirildi, -deydi A. Mirzoyev. -2024-yil boshidan buyon tumandagi 15 ta mahallalarga mebel va zamonaviy kompyuter jamlanmalari berildi. Mahalla yettiligi zamonaviy planshetlar bilan ta’minlandi. 


   Mahalla fuqarolar yig‘inlari internet tarmog‘iga to‘liq ulangan. Ma’lumotlar almashish va aholi muammolarini qisqa muddatda hal etish, tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etish, ortiqcha qog‘ozbozlikka chek qo‘yish maqsadida barcha mahallalar IJRO.GOV.UZ  idoralararo hujjat aylanish tizimiga ulandi tegishli kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha yo‘l xaritalari ishlab chiqilib, mavjud muammolar yechimi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Teglar
- -