insurez
05-07-2024 12:07

Maqsad xotin-qizlarga bo‘lgan e’tiborni yana-da oshirish


     Toyloq tumani hokimligida “Rahbar va xotin-qizlar faollari uchrashuvi” tashkil etildi. Unda tuman hokimining o‘rinbosarlari Jahongir Haqberdiyev, Noila Kambariddinova hamda mahallalardagi xotin-qizlar faollari ishtirok etishdi. 
    Xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlarni yanada yaxshilash maqsadiga qaratilgan mazkur uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tkazildi.      Rahbarlar sohadagi yutuq va kamchiliklar, galdagi vazifalar, xotin-qizlarni kasbga o‘qitish, bandligini ta’minlash, mahalla faollarining mahalladagi yettiligi hamda tashkilot va idoralar bilan hamkorligini rivojlantirish borasida fikrlarini bildirishdi. 


    Shundan so‘ng, mahalla faollarining faoliyati davomida duch kelayotgan muammolari, rejalari va takliflari tinglandi. 
    Tadbir so‘ngida oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Kambariddinova xotin-qizlar faollarining faoliyatiga oid hisobotni tanqidiy-tahlil qildi.

Teglar
- -