insurez
13-06-2024 14:14

Maʼnaviyat boshqa sohalardan oʼn qadam oldinda yurishi kerak


Press-tur

 

   Davlatimiz Rahbari Shavkat Mirziyoev raisligida 2023 yil 22 dekabrь kuni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan yigʼilishida bugun har bir sohadagi rahbar oldida turgan muhim masala boʼlgan Maʼnaviyat boshqa sohalardan oʼn qadam oldinda yurishi hamda yangi kuchga, yangi harakatga aylanishi kerakligini taʼkidlagan edi. Аlbatta, bugun tumanimizda ham bu borada belgilangan chora-tadbirlar asosida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
   Bugun Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʼlinmasi tomonidan oʼtkazilgan press-tur davomida ishtirokchilar Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʼlinmasi faoliyati bilan tanishishdi. 


   Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisidagi PQ-5040-sonli qaroriga asosan tumanda 2023 yilda maʼnaviyat va maʼrifat maskani foydalanishga topshirilgan boʼlib, maskan belgilangan tartib asosida jixozlangan, maʼnaviyat maskanida rahbar va mutaxassislar xonalari, kutubxona faoliyat olib bormoqda, internet, kompyuter va boshqa jixozlar bilan taʼminlangan.
   Markazning tuman boʼlinmasi tumandagi 26 ta korxona va tashkilotlar bilan kelishuv asosida yoʼl xaritalari tasdiqlangan, barcha tashkilotlar bilan hamkorlik yoʼlga qo'yilgan. 


   -Boʼlinmada va tuman tashkilotlarida haftaning har juman kuni “Maʼrifat soati” boʼlib oʼtadi. 
   Boʼlinma rahbari, mutaxassisilari va maʼrifat targʼibotchilari aʼzolari, sohaga oid yangiliklardan xabardor qilish maqsadida, tashkilotlarda kelishgan holda Maʼnaviyat soatlari oʼtkazib kelinadi.
   Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʼlinmasi Toyloq tumanidagi muassasa, idora va tashkilotlarda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish borasida tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilganligi va unga koʼra tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi hamda kelgusidagi muhim vazifalar begilab olinganligini bildirdi.

Teglar
- -