insurez
28-08-2024 10:29

MAKTABLARGA PRЕZIDЕNT SOVG‘ALARI YETKAZIB BЕRILDI



 
   Yana bir necha kunlardan so‘ng yangi o‘quv yili boshlanadi.
   Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2024-2025-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida "Salom bog‘cha", maktablarda "Birinchi qo‘ng‘iroq", "Mustaqillik darsi" tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiya hamda namunaviy senariy ishlab chiqildi.        (https://t.me/uztdi/8893)

  Toyloq tumanda 61 ta umumta’lim maktabi mavjud. Yangi o‘quv yilida ushbu maktablarning 1-sinfiga 4410  nafar o‘quvchi qabul qilinishi ko‘zda tutilgan. Ayni kungacha 4100 nafar bola maktablarning boshlang‘ich sinflariga qabul qilingan. Bugungacha adm.maktab.uz platformasi orqali qabul qilingan 1-sinf o‘quvchilariga "Prezident sovg‘alari" to‘liq yetkazib berildi.

Teglar
- -