insurez
25-05-2024 11:25

#kun_mavzusi


Bugun Toyloq tumanidagi 54-umumta’lim maktabida “Ilmni qadrlang, ilmga intiling” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi. 
    Tadbirda bitiruvchilarning ota-onalari, “mahalla yettiligi”, o‘qituvchilar va o‘quvchilar shuningdek, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazir tuman bo‘linmasi rahbari Z.Avazov ishtirok etdi. Z.Avazov  Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyevning maktab bitiruvchilariga yo’llagan tabrigini o’qib eshittirdi va   maktab kutubxonasiga kitoblar jamlanmasini sovg’a qildi. 
    Tadbir davomida fidoyi o‘qituvchi va namunali o‘quvchilarga “Faxriy yorliq” va “Tashakkurnoma”lar topshirildi.
 

Teglar
- -