Korxona yarim yilda 127 ming dollarlik mahsulot eksport qilgan
Presstur
Toyloq tumani hokimligi tomonidan sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish maqsadida o‘tkazilga press-tur davomida Bog‘izog‘on vinolari ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdik va u haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘ldik.
Toyloq tumanidagi uzumni qayta ishlovchi “Bog‘izog‘on” MCHJ tumanning ko‘zga ko‘ringan sanoat korxonalaridan hisoblanadi. Korxona bir yilda o‘rtacha 6 ming tonna uzumni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lib, 35 turdagi vino mahsulotlari tayyorlanadi.
-Mahsulotlarimiz nafaqat ichki bozorga, balki Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Xitoy davlatlariga ham eksport qilinmoqda,-deydi korxona mas’ul xodimi Isobek Hamdamov. -Joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida 127 ming dollarlik mahsulot eksport qilindi. Bu ko‘rsatgich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 110 foizga ko‘p.
Uzum sharbati siqib olingach, eman daraxtidan tayorlanadigan bochkalarda saqlanadi. Korxonamizda 1000 tadan ko‘proq shu kabi bochkalar mavjud bo‘lib, ular chet eldan olib kelingan.
Mazkur korxonada turizmni rivojlantirish maqsadida muzey tashkl qilingan bo‘lib, bu yerda vino ishlab chiqarish tarixi bilan bog‘liq jihozlar hamda bir necha turdagi qadimiy va hozirgi vinolar saqlanadi. Eng keksa vinoning yoshi74 yoshda.