Ko'rgazmali seminar o'tkazildi
Bugun Toyloq tumanida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, aholi va iqtisodiyot tarmoqlariga energiya resurslarini barqaror yetkazib berish, energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarini oldini olish hamda iqtisod qilish samaradorligini oshirish maqsadida ko‘rgazmali o‘quv-seminar bo'lib o'tdi.
Toyloq tuman hokimi B. Bobonazarov, sektorlar rahbarlari, mahallalar raislari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etgan seminarda, soha mas’ullarining hisobotlari eshitilib, qish mavsumini betalofat o‘tkazish, iste’molchilarni energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash, resurslarni iqtisod qilish, muqobil energiyaning samaradorligi va uning imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi. Yashil energiyani keng joriy etish orqali energiya manbalaridan samarali foydalanishni mahallalarda keng targ‘ib qilish kerakligi ta’kidlandi.
Shuningdek, seminarda energiya resurslarini tejovchi innnovatsion qurilmalar va isitish moslamalari haqida ma’lumotlar berilib, ko‘rgazma namoyish etildi.