insurez
12-09-2024 18:30

Kitob va bilim nafaqat moddiy va ma'naviy qashshoqlikdan qutqaradi, balki oila mustahkamligiga xizmat qiladi.



                                                                    
   Bu fikirlar bugun Toyloq tumanidagi Nuroniy mahallasida o‘tkazilgan "Hokim va yoshlar uchrashuvida tuman hokimi Bahodir Bobonazarov tomonidan yoshlarga qarata aytildi. - Bugungi yoshlar kitob o‘qimay qo‘ydi,- deya tuman rahbari yoshlarni kitob o‘qishga da'vat etdi. 
   Uchrashuvda yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun sharoit va imkoniyat yaratish, hudud yoshlarini Oliy ta’lim muassasalariga kirish qamrovini oshirish, kasbga yo‘naltirish, ularni qiynayotgan muammolariga yechim topish kabilarga qaratildi.


   Tuman prokurori A.Abdullaev yoshlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sog‘lom muhitni yaratish kabi mavzularda so'z yuritdi.    
   Sektor rahbarlari yoshlarning turli masalalarga oid muammolarini tinglab, ularga qonuniy echim izladi.

Teglar
- -