insurez
02-07-2024 14:25

Kiberxafvsizlik – shaxs va ma’lumot xafvsizligi


   Bugun lug‘atimizga“kiberhujum”, “kiberjinoyatchilik” atamalari kirib keldiki, uning zamirida turli virusli dasturlarni tarqatish, parollarni buzish, xakkerlik hujumlari, veb-saytlarga noqonuniy kirish, firibgarlik, plastik kartochkalaridan pul o‘g‘irlash kabi jinoyatlar yashiringan. Yurtimizda ham ushbu jinoyatlar qurbonlari soni ortib bormoqda. Bu kabi holatlarni oldini olish, aholini hushyorlikka chaqirish maqsadida respublikamiz bo‘ylab, "Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi”  o‘tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Toyloq tumanidagi Shopo‘lot mahallasida bo‘lib o‘tdi. 


    Unda tuman sektorlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda mahalla yettiligi ishtirok etishdi. Seminarda Samarqand viloyati IIB tezkor qidiruv xizmati kiberxavfsizlik bo‘limi boshlig‘i Azamat Yo‘ldashev ishtirok etdi va kiberjinoyatlarning turlari, virusli dasturlar, xakkerlik hujumlari, plastik kartochkalardan pul o‘g‘irlash kabi mavzular bo‘yicha  tushunchalar berdi.

Teglar
- -