insurez
08-07-2024 16:40

Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi davom etmoqda


     Bugungi kunda firibgarlikning turlari, aldash va ishonchni suiste’mol qilish jinoyatlari ko‘payib bormoqda. Ayniqsa, internet tarmog‘i firibgarlar uchun sodda fuqarolarni aldab, ularning ishonchiga kirib, pul mablag‘larini o‘zlashtirishning qulay vositasiga aylandi. 
    Shu boisdan yurtimizda iyul oyi “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” deb e’lon qilindi va oylik doirasida turli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.


    Ana shunday tadbirlardan biri bugun Toyloq tumanida o‘tkazildi. Xususan, tuman hokimligi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida Markaziy bank kiberxavfsizlik markazi bosh eksperti Murodjon Xoliqov kiberjinoyatlarning turlari, ularni amalga oshirish mexanizmi, virusli dasturlar, xakkerlik hujumlari, plastik kartochkalardan pul o‘g‘irlash kabi mavzularda so‘z yuritib, barchani ogohlikka chaqirdi. 
    Xuddi shunday tadbir tuman tibbiyot birlashmasi hamda Baxshitepa mahallasida o‘tkazildi.

Teglar
- -