Kambag‘allikdan farovonlik sari
So‘nggi yillarda yurtimizda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash orqali daromadi yuqori bo‘lmagan hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan oilalar, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, mamlakatimiz ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yoshlar va boshqa aholi qatlamlariga ko‘maklashish, ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan bir qator samarali mexanizmlar joriy qilindi.
Ushbu mexanizmning davomi sifatida, Toyloq tumanida ham manzilli ishlar amalag oshirilmoqda. Xususan, bugun Toyloq tuman hokimi Bahodir Bobonazarov Galabotir hamda G'o'lba mahallalari aholisi bilan uchrashdi. Aholi bandligini ta’minlash, og‘ir turmush sharoitida yashayotgan oilalarga ko‘maklashish, ularni kambag'allikdan chiqarish, mahallani jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish maqsad qilingan ushbu tadbir davomida kam ta’minlangan oilalarning muammolari joyiga chiqqan holda o‘rganildi va ularning daromadlarini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.