insurez
05-06-2024 18:00

Joriy yilning o‘tgan 5 oyida Toyloqda 178 ta oila yarashtirildi.


    Bu haqda bugun Majburiy ijro byurosi Toyloq tumani bo‘limi boshlig‘i Bobur Maqsudov ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytildi.
    Amalga oshirilgan majburiy ijro tadbirlari natijasida aliment to‘lovchi qarzdorlardan jami 1 mlrd 783 mln 700 ming so‘mdan ortiq aliment pullari undiruvchilarga undirib berilgani ta’kidlandi.  
    Bu toifadagi ijro ishlari bo‘yicha qarzdor va undiruvchilar bilan olib borilgan profilaktik suhbatlar va chora-tadbilar natijasida joriy yilning 5 oyida 178 ta oilalar yarashtirilib, oilalarning tiklanishiga erishilgan.
   Ish o‘rnini yo‘qotgan, og‘ir ahvolga tushib qolgan va yordamga muhtoj aliment to‘lovchi qarzdorlarning 52 nafari ishga joylashtirilib, ularning doimiy bandligi ta’minlangan.
     -Bugungi kunda tuman bo‘yicha jami 1594 ta aliment oluvchilardan 1324 tasining nomiga shaxsiy bank plastik kartalari ochish bo‘yicha elektron so‘rovnomalar yuborilgan, -deydi B. Maqsudov.

Teglar
- -