insurez
24-09-2024 17:03

Jinoyat ishi aholi o‘rtasida muhokama etildi


     Bugun Toyloq tumanidagi Vorsin mahallasida sodir etilgan jinoyat ishi jamoatchilik o‘rtasida muhokama etildi. Unda ishtirok etgan tuman prokurori A.Abdullayev hamda tuman hokimining o‘rinbosari J. Haqberdiyevlar  mahalla hududida sodir etilgan  jinoyatni keltirib chiqargan sabab va shart-sharoitlar haqida so‘z yuritishdi.
  Har bir jinoyat ortida aholining befarqligi, profilaktik tadbirlar sifatli olib borilmaganligi, aholi o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish borasida targ‘ibot ishlarining sustligi, jamoatchilik nazoratining yo‘qligi, shuningdek, yoshlar tarbiyasiga e’tiborli bo‘lish, ”Bir bolaga yetti mahalla ota-ona” tamoyiliga amal qilish borasida so‘z yuritildi.

Teglar
- -