insurez
01-11-2024 19:25

Ichki ishlar idoralari xodimlari taqdirlandi


   Toyloq  tumanida Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri oʼtkazildi. Unda tuman ichki ishlar organlarida samarali mehnat qilib kelayotgan soha xodimlari taklif etildi. 
   Tantanali tadbirda tuman hokimi B.Bobonazarov  hamda sektorlar rahbarlari soʼzga chiqib, soha xodimlarini bayram bilan qutladi. Ular oʼz nutqlarida tumanimizda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida ichki ishlar idoralari tomonidan tezkor-profilaktik chora-tadbirlar olib borilayotgani, bunda har bir xodimning alohida oʼrni borligini eʼtirof etishdi.


    Oʼz xizmat vazifasiga sidqidildan yondashib, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish, jamoat tartibini saqlash bilan bir qatorda tumanimiz hududida olib borilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etib kelayotgan fidoyi xodimlari tuman hokimi va sektor rahbarlarining qimmatbaho sovgʼa va “Tashakkurnoma”lari bilan taqdirlandi.

Teglar
- -