"Hokim va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Yurtimizda yoshlar bilan ishlash, ayniqsa uyushmagan yoshlarning bandligini ta’minlash, muammolarini hal etish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ular o‘rtasida turli uchrashuvlar, davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.
Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi Toyloq tumanidagi 1-sektor hududida tashkil etildi.
“Hokim va yoshlar” uchrashuvi tadbirida tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Jamshid Xo‘jamurodov hamda tuman hokimining o‘rinbosari J.Haqberdiyevlar ishtirok etishdi.
Ochiq muloqot ruhida kechgan uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, tashvishga solayotgan muammolari yuzasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilib, savollariga javoblar olishdi.