insurez
21-06-2024 15:28

Harbiylik - mening tanlovim


Press-tur



   Vatanparvarlik yoshlarda fuqarolik burchi, shaxsiy mas’uliyat hissi,  faol hayotiy pozisiya va qat’iy e’tiqodini, kasbiy mahoratini shakllantiradigan qudratli vositadir. Yurtimizda faoliyat yuritayotgan “Qalqon jasorat “ maktabi nodavlat harbiy vatanparvarlik sport muassasasi yoshlarni ana shunday ruhda, Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘isi bilan kamol topdirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Bugun Toyloq tumani mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan tumandagi “Qalqon jasorat” maktabida tashkil etilgan press-tur davomida OAV vakillari bunga amin bo‘lishdi.


   -Ayni damda maktabimizda 30 nafar yigit-qizlar ta’lim-tarbiya olishmoqda, -deydi muassasa rahbari Shokir Tovboyev. - Bu dargohda kursantlar saf tayyorgarligi, harbiy xizmat asoslari, quroldan foydalanish tayyorgarligi, harbiy-tibbiy tayyorgarlik, fuqaro muhofazasi, umumharbiy nizomlar, yo‘l harakati xavfsizligi kabi harbiy vatanparvarlik va sport darslari qolaversa, ingliz tili va matematika fanlari o‘qitiladi. 
   -Harbiy bo‘lish bolalikdagi orzuim, -deydi kursant Behruz Ahrorqulov. -Men o‘z vatanimni himoya qilishni sharafli burchim, deb bilaman. Bu kasb har doim, hatto tinchlik davrida ham ahamiyatli.  Forma kiyish oson. Lekin harbiy bo‘lish oson ish emas.

Teglar
- -