insurez
09-04-2024 12:23

Har qanday voqelik ma’naviyat asosida shakllanadi.


    Bugun Toyloq tuman hokimligi Ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda ijtimoiy tarmoq faollari uchun matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari Ziyodulla Avazov hamda ishtirok etdi va umumta’lim maktablarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil etish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritdi.

 

 -Ma’naviyat xalqimiz tarixiga hurmat va e’tibor bilan yondashish, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo‘lidagi asriy orzu-intilishlarga doir hayotiy ideallar, Vatan ravnaqi, el-yurt osoyishtaligi, farovon hayot kabi yuksak g‘oyalarning ma’no-mazmunini teran anglab yetishga xizmat qiladi. Bunday vazifalarning barchasi maktab o‘qituvchisi zimmasiga yangidan-yangi talablar yuklaydi, -deydi Z. Avazov.  - 2023-yilning 22-dekabr sanasida o‘tkazilgan Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi yig‘ilishida 107 ta topshiriq berilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar 36 tasining ijrosi   ta’minlandi, qolgan 81 tasining ijrosi yil davomida bajariladi. Bu boradagi ishlarimizni xalq ta’limi va tashkilotlardagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul xodimlar bilan hamkorlikda tashkil etib boryapmiz.

 

    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etiladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligi 7 ta indikator yordamida baholanib, har 6 oyda reytingi belgilandi va “qizil”, “sariq”, “yashil” toifalarga ajratildi.

    Tumandagi 1 ta bolalar va o‘smirlar sport maktabi o‘ziga yaqin bo‘lgan hududdagi 24 ta maktablarga biriktirilib, 14 turdagi sport to‘garaklari tashkil etildi va ularga 1392 nafar o‘quvchilar qamrab olindi. O‘quvchilarning qiziqishlariga qarab tumandagi maktablarda 58 ta baxshichilik, maqom, estrada, teatr, rassomchilik, badiiy havaskorlik yo‘nalishlarida to‘garaklar tashkil etilib, ularga 604 nafar o‘quvchilar jalb etildi.

 

    Aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.  Bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jami 37 ming 746 dona badiiy adabiyotlar mavjud bo‘lib, shundan 1 400 donasini elektron adabiyotlar tashkil etadi. Kitobxonlik yo‘nalishiga 27 655 nafar o‘quvchilar jalb etilgan. Tumandagi idora, tashkilot va muassasalari rahbarlari hamda deputatlar tomonidan o‘zlari o‘qigan ta’lim muassasalariga kitoblar sovg‘a qilish aksiyasi davom ettirilib, ushbu aksiya doirasida 200 nomdagi 3198 dona badiiy adabiyotlar sovg‘a qilindi. Shuningdek, viloyat hokimi tashabbusi bilan 6 148 dona (104 mln. so‘mlik) badiiy adabiyotlar xarid qilinib, tuman maktablari kutubxonalariga kirim qilindi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 262 ta kitobxonlik klublari tashkil qilinib, ularga 5 702 nafar o‘quvchilar qamrab olindi.

 

    Tumanimizda  “qizil” toifadagi maktablar mavjud emas.  “Sariq” toifadagi maktablarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, “yashil” toifadagi maktablar tajribasini keng targ‘ib qilish va ommalashtirish choralari ko‘rilmoqdi. O‘quvchilarda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida “oddiydan murakkabga” tamoyili asosida o‘quvchilarning badiiy asarlarni tanlash va sinchiklab o‘qish malakasini hosil qilish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqildi.

    O‘quvchilarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida  “Kitobxon o‘quvchi” tanlovi tashkil etildi.

    Tumanda har oyda 1 ta maktabda buyuk allomalarimizning xotiralariga bag‘ishlangan davra suhbatlari va badiiy kechalar o‘tkazilib kelinmoqda. Maqsad ularning jahonshumul ilmiy-ijodiy kashfiyotlarini o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilishdir.

    Maktablarda “Men eng namunali o‘quvchi bo‘laman” mavzusida ko‘rik - tanlov, “Men mobil telefondan to‘g‘ri foydalanamanmi?” mavzusida ochiq muloqot hamda “O‘zbekiston - mening baxtim, mening kelajagim”, “Jaholatga qarshi ma’rifat” insholar tanlovlarini o‘tkazilmoqda.

 

Teglar
- -