insurez
16-09-2024 14:12

Endi o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga yechim bor


    Bugun Toyloq tumanida  O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Toyloq, Jomboy, Bulung‘ur hamda Urgut tumanlari hokimlik va tashkilotlari mas’ul xodimlari ishtirok etishdi. 


  Seminar davomida Adliya vazirligi huquqni qo'llash amaliyotini o'rganish boshqarmasi boshlig'i U. Jaksimuratov hamda O‘zbekiston Respublikasi Kadastr agentligi boshqarma boshlig'i J. Yuldashevlar Qonunning mazmun-mohiyati va undan kutilayotgan natijalar haqida batafsil ma’lumot berishdi. 
    Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan seminar davomida soha xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savol va masalalar yuzasidan fikr almashishdi.

Teglar
- -