insurez
16-05-2024 16:39

Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


    Unda Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining navbatdan tashqari 92-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokama qilindi. 
  Jumladan,  tuman sektorlari rahbarlarining aholi bandligini ta’minlash, kam ta’minlangan oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, doimiy yashash manzilidan uzoq muddatga chiqib ketgan fuqarolar bilan ishlash, “Sayxunobod tajriba”sini joriy etish, aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bartaraf etish, “Mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobotlari,  tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Sh.Jabborovning hisoboti va boshqa hisobotlar tingnlandi. 
   Yig‘ilish kun tartibidagi barcha masalalar komissiya a’zolari tomonidan muhokama etilib, fikr-mulohazalar bildirilgach, hisobotlar navbatdagi sessiyaga kiritish uchun tavsiya etildi.

Teglar
- -