insurez
06-06-2024 18:30

Bilganga tomorqa koni foyda


   Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Toyloq tumani Kengashi tomonidan press-tur o‘tkazildi. Tadbir tumanning Talliota mahallasidagi xonadonlarda o‘tkazildi. Sababi bu mahalla tomorqachilik va ko‘chatchilikka ixtisosolashgan bo‘lib, qishloq ahlining 85 foizi bir yilda uch marta ekin ekib, millionlab daromad olishmoqda. Xususan, Shu mahallada yashovchi Saidamir Akilov 10 sotix tomorqasida 5 ta parnik tashkil qilgan bo‘lib,u tomorqadan yiliga 200 mln so‘m foyda ko‘radi. 


  -Bir yilda to‘rt marta ekin ekamiz, 4 nafar qo‘shni xotin-qizlarni ish bilan ta’minlaganman, -deydi S.Akilov. - Bir mavsumda 500 mingta ko‘chat yetishtiramiz va 50 million, bir yilda esa 200 million so‘m daromad olamiz. Ko‘chatlarni byurtma asosida yetishtiramiz. Ayni damda Jizzax viloyatidagi mijozimiz uchun 136 ming dona pomidor ko‘chati uzyapmiz. Mana bu yerda, Urgut, Jomboy  tumanlari va Buxoro viloyatidagi mijozlarimiz uchun karam va gulkaram ko‘chatlarini yetishtiryapmiz.

Teglar
- -