“Barqaror turmush” oyligi
Xotin-qizlar haq-huquqlarini himoya qilish, oila va jamiyatda o‘z munosib o‘rnini topishda ko‘maklashish, zo‘ravonlik va turli tahdidlardan asrash borasida yurtimizda qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, Toyloq tumanida ham ana shunday targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. “Barqaror turmush” oyligi doirasida tashkil etilgan mazkur tadbirda Toyloq tumani IIB JXX XPB Xotin qizlar masalalari buyicha katta inspektori, mayor Gulchehra Akbarova, tuman “Inson” ijtimoiy himoya markazi rahbari Jamol Jо‘rayev hamda xotin-qizlar ishtirok etishdi.
Tadbirda xotin-qizlarning haq-huquqlari, ulraning oila va jamiyatdagi o‘rni, qolaversa, yurtimizda xotin-qizlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar va keng imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.