Ayni paytda Toyloq tumanidagi barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablarida "Soʻngi qoʻngʻiroq" tadbirlari boʻlib oʻtmoqda.
Xususan, tumanda yangidan qad rostlagan zamonaviy 62-maktabda ilk bora So'nggi qo'ng'iroq tadbiri o'tkazilmoqda. Maktabni jami 30 nafar o'quvchi bitirmoqda. Bitiruvchilarning 7 nafari oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun imtiyozli sertifikatlarni qo'lga kiritgan.
Tadbirga o'quvchi-yoshlarning ota-onalari, IIB xodimlari, mahalla mas'ullari maktabning 4-9 sinf o'quvchilari ishtirok etmoqda.