Avtomobillarni yuvish shoxobchalari o‘rganilmoqda
Toyloq tumani inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan tuman hududlarda joylashgan avtomobillarni yuvish shoxobchalarida o‘rganish va xatlovdan o‘tkazish ishlarini olib bormoqda.
O‘rganishlar davomida avtomobillarni yuvish shoxobchalarining Ekologik meʼyoriy hujjatlari va suvdan maxsus foydalanish uchun ruxsatnomalari mavjudligi ko‘zdan kechirilib, kamchiliklar yuzasidan ko‘rsatmalar berib, ogohlantirish xatlari ham berilmoqda.
Ayni paytda tuman hududidan o‘tuvchi markaziy yo‘li bo‘ylarida olib borilgan nazorat tadbirlari davomida ham 11 ta avtomobillarni yuvish shoxobchalari ko‘zdan kechirilib, ekologik talab va tartib normalariga amal qilmay faoliyat olib borilayotganligi kuzatilgan shoxobchalar masʼullariga qonun talablariga muvofiq choralar ko‘rilib, tushuntirish ishlari olib borildi.