insurez
22-05-2024 14:45

Aholi bilan yuzma-yuz muloqot


    Bugun Toyloq tumanidagi Nuroniy mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi. Unda Toyloq tumani hokimining o‘rinbosari Jahongir Haqberdiyev, Xalq qabulxonasi tuman bo‘limi mudiri Zayniddin Nuriddinov  hamda tuman tashkilotlari rahbarlari va murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.
   Qabulda fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan ijtimoiy-maishiy, kommunal, iqtisodiy va huquqiy masalalarni hal etishda amaliy yordam so‘rashdi.  
  Murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topildi, ayrimlariga mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahatlar berildi. Muddat talab etadigan murojaatlar joyiga borib o‘rganildi va mas’ullar biriktirilib, o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash yuzasidan mutasaddi rahbarlar zimmasiga aniq vazifalar yuklandi.

Teglar
- -