Aholi bilan yuzma-yuz muloqot
Toyloq tumani prokurori A. Abdullayev hamda tuman hokimining o‘rinbosari J. Haqberdiyevlar Bog‘ichinor mahallasida yoshlar bilan muloqot qildi. Yoshlarni ezgu maqsad va g‘oya lar atrofida birlashtirish, ularning tashabbus va intilishlarini ro‘yobga chi qarish maqsadida tashkillangan bu galgi uchrashuvda yigit-qizlar o‘z taklif va murojaatlarini yo‘llashdi.
Murojaatlarning aksariyatini uy-joy, kontrakt to‘lovi, ishga joylashtirish va boshqa oilaviy masalalar bo‘ldi. Ularning ayrimlari uchrashuvning o‘zida ijobiy hal etildi. Yechimi vaqt talab etiladigan murojaatlar esa mas’ullarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.