Aholi bilan yuzma-yuz muloqot
Bugun Chorbog‘tepa mahallasida fuqorolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi. Unda tuman hokimining o‘rinbosarlari Jahongir Haqberdiyev, Noila Qambariddinova, Xalq qabulxonasi mudiri Zayniddin Nuriddinov, idora va tashkilot rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.
Muloqotda murojaatchilar o‘zlarini qiynayotgan ijtimoiy maishiy, kommunal, iqtisodiy va huquqiy masalalarni hal etishda amaliy yordam so‘rashdi.
Murojaatlarning aksaryatiga joyida yechim topildi, ayrimlariga mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahatlar berildi. Muddat talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash yuzasidan mutasaddi rahbarlar zimmasiga aniq vazifalar yuklatildi.