insurez

Rahbaryat


  • Haydarov Sherzod Ravshanovich


    Lavozimi: Toyloq tuman xokimining Qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari


    Qabul kunlari:Chorshanba


    E-mail:haydarovsherzod@gmail.com


    Telefon raqami:939988967

  •    Haydarov Sherzod Ravshanovich 1982 yil 14 fevralda Samarqand tumanida tug‘ilgan. 2003 yilda Samarqand qishloq xo‘jalik institutini tamomlagan.
         Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi agronom.

    MEHNAT FAOLIYATI

    1999-2003 yy. - Samarqand Qishloq xo‘jaligi instituti talabasi.

    2003-2004 yy. - Harbiy xizmatda.

    2004-2006 yy. - Toyloq tumani Qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi Dispechirlik xizmati bo‘yicha 1-toifali mutaxassisi.

    2006-2012 yy. - Toyloq tumani Jumabozor agrofirmasi “Chorva Parranda Baraka” fermer xo‘jaligi ish boshqaruvchisi.

    2012-2013 yy. - Toyloq tumani Qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi chorvachilik bo‘yicha mutaxassisi.

    2013-2016 yy. - Toyloq tumani Qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi Meva-sabzavotchilik bo‘yicha yetakchi mutaxassisi.

    2016-2017 yy. - Toyloq tumani Jumabozor agrofirmasi raisi.

    2017-2019 yy. - Toyloq tumani Qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi Meva-sabzavotchilik va uzumchilik bo‘yicha bosh mutaxassisi.

    2019-2023 yy. - Toyloq tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bosh mutaxassisi.

    2023 y. – h.v.  - Toyloq tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari.

    Quyidagilar tuman hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining asosiy vazifa va funksiyalari hisoblanadi:

    qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, fermerlik harakatini rivojlantirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tarkibiy o‘zgartirishni ta’minlash;

    dehqonchilik va agrotexnologiyalarning ilg‘or usullarini joriy etish chora-tadbirlarini ko‘rish, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga bozor tamoyillari va mexanizmlari asosida xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar, bo‘g‘inlar va tuzilmalarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

    suv resurslaridan oqilona foydalanish va ulardan foydalanish  samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish va suv iste’molining bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, suv xo‘jaligi ob’yektlaridan foydalanish ishlarining va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlarining  bajarilishini muvofiqlashtirish;

    chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikning ozuqa bazasini mustahkamlash, naslchilik ishlarini rivojlantirish, hayvonlarni sun’iy urug‘lantirish xizmatlarini kengaytirish, zooveterinariya xizmati ko‘rsatish tarmog‘ini rivojlantirish ishlarini tashkil etish;

    ipakchilikning ozuqa bazasini kengaytirish va mustahkamlash, yuqori mahsuldor tut ipak qurtini yetishtirish, tirik pilla yetishtirishni ko‘paytirish;

    urug‘chilik va seleksiya ishlarini rivojlantirish;

    tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularning saqlanishi ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish;

    qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, dastlabki qayta ishlash korxonalarini tashkil etish va mahsulotlarni eksport qilish, shuningdek qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi ob’yektlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

    o‘z yo‘nalishiga taalluqli muammoli masalalarni hal etish hamda sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda hokimga taqdim etish;