insurez

Rahbaryat


  • Eraliyev Sardor Komilovich


    Lavozimi: Toyloq tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari


    Qabul kunlari:Juma


    E-mail:SardorEraliyev@gmail.com


    Telefon raqami:998982735010

  • 1989 yil 12-avgustda  Samarqand shahri tug'ilgan

    MEHNAT FAOLIYATI

    2010-2015 yy. - Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti talabasi
    2015 2017 yy. - Samarqand tumani arxitektura va qurilish bo‘limi mutaxassisi
    2017-2019 yy. - Samarqand viloyati Arxitektura va qurilish Bosh boshqarmasi mutaxassisi
    2019-2023 yy. - Toyloq tumani arxitektura va qurilish bo‘limi bosh arxitektori
    2019 y. - x.v.   - Toyloq tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari.

    Kapital qurilish sohasini jadal rivojlantirish, ijtimoiy soha, uy-joy va infratuzilma ob’yektlarini qurish ishlarining sifatini yangi darajaga ko‘tarish;

    "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlari doirasida har bir hududning o‘ziga xosligi va xususiyatlarini hisobga olgan holda shahar, tuman, qishloq va mahallalarni kompleks hamda jadal rivojlantirish;

    zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini yaratish uchun telekommunikatsiya tarmoqlari va axborot tizimlari, shuningdek, pochta aloqasi va arxiv ob’yektlarining samarali faoliyatini tashkil etish;

    transport va transport kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirish, tashishlarning yuqori darajadagi xavfsizligini ta’minlash;

    aholining sifatli kommunal xizmatlar bilan qamrab olinishini tubdan yaxshilash, ko‘p kvartirali uy-joy fondidan foydalanish tizimini takomillashtirish, hududning sanitariya va ekologik vaziyatini yaxshilash;

    davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish va chegarabo‘yi muammolarini hal qilish hamda aholini va hududlarni toshqinlar, sel oqimlari, qor ko‘chish va yer ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish.


    9. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosari o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


    a) kapital qurilish industriyasi sohasini jadal rivojlantirish, ijtimoiy soha, uy-joy va infratuzilma ob’yektlari qurish ishlarining sifatini yangi darajaga ko‘tarish sohasida:

    O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga muvofiq amalga oshiriladigan shaharsozlik faoliyati, shuningdek, kapital qurilish va pudrat ishlari sohasida islohotlar va siyosatning amalga oshirilishini tizimli hamda kompleks o‘rganishni tashkil etadi;

    shaharsozlik faoliyatida va kapital qurilishda, shuningdek, muhim ob’yektlar, shu jumladan ijtimoiy soha, uy-joy va infratuzilma ob’yektlari qurilishida pudrat ishlarini tashkil etish sohasida monitoringni ta’minlaydi, mavjud muammolarni aniqlab, ularni hal etish choralarini ko‘radi;

    Ijtimoiy va infratuzilmani rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar (ob’yektlar) bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini o‘z vaqtida ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish, tender jarayonlarini ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkazish hamda moliyalashtirishni o‘z vaqtida ochish ishlarini tashkil qiladi;

    Ijtimoiy va infratuzilmani rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar (ob’yektlar) doirasida byudjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanishni tashkil qiladi;

    har yili qabul qilinadigan Ijtimoiy va infratuzilmani rivojlantirish dasturlari loyihalarini shakllantirish jarayonida hududdagi mavjud holatni to‘g‘ri va to‘liq tahlil qilgan holda, vakolatli organlarga asoslangan takliflar kiritib boradi;

    Investisiya dasturi loyihasini shakllantirish jarayonida yirik investisiya loyihalarini kerakli infratuzilma ob’yektlari bilan ta’minlanganlik darajasini Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining hududiy boshqarmalari bilan birgalikda tahlil qilib, asoslangan takliflar ishlab chiqishda qatnashadi;

    shaharlarda va qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha uy-joy qurish dasturiy hujjatlarini amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;

    yirik ixtisoslashtirilgan qurilish-pudrat tashkilotlarini shakllantirish dasturini amalga oshirish, pudrat va loyiha tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini takomillashtirish hamda qurilish-pudrat tashkilotlarining reyestrini yuritish ishlarini muvofiqlashtiradi;

    hududiy davlat organlari va tashkilotlari tomonidan shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga, hokim o‘rinbosari vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha hukumat komissiyalari va kengashlar qarorlariga rioya etilishini nazorat qiladi;

    vakolatli davlat organlarini jalb qilgan holda, ob’yektlarning loyiha-smeta hujjatlarini sifatli tayyorlash va aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga doir loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatining monitoringi olib borilishini va nazorat qilinishini tashkil etadi;


    ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashda texnik shartlar va reglamentlarga rioya etilishi, buyurtmachilar (quruvchilar) tomonidan loyihalashtirish, qurilish sifati yuzasidan texnik nazorat, shuningdek, mualliflik nazoratining amalga oshirilishi holatini o‘rganadi;

    qurilish-montaj ishlari va zarur arxitektura-qurilish nazorati sifati yuzasidan qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ob’yektlarining tizimli monitoringini amalga oshiradi hamda natijalari bo‘yicha ob’yektlarda qurilish-ta’mirlash ishlaridagi mavjud qoloqliklarni bartaraf etish, qurilish-ta’mirlash ishlarini jadallashtirish hamda ob’yektlarni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish yuzasidan choralar ko‘radi;

    qurilishda ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy mahalliy qurilish materiallaridan foydalangan holda, yangi konstruktiv yechimlar qo‘llanilishini o‘rganadi va tahlil qiladi, qurilishning yuqori sifatini va tannarxini pasaytirishni ta’minlashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;

    qurilish tarmog‘ini jadal rivojlantirish va diversifikatsiya qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish, salohiyatli xorijiy investorlarni keng jalb etgan holda, qurilish materiallarini ishlab chiqarishga zamonaviy ilg‘or, energiyadan samarali foydalanadigan va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, shu asosda tarmoqning eksport salohiyatini oshirish, shunday mahsulotlarni import qilishni bosqichma-bosqich qisqartirish ishlarini tashkil etadi;


    b) "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlari doirasida har bir hududning o‘ziga xosligi va xususiyatlarini hisobga olgan holda shahar, tuman, qishloq va mahallalarni kompleks va jadal rivojlantirish sohasida:

    qishloq aholi punktlarining me’moriy qiyofasini tubdan yangilash, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi hamda ijtimoiy soha ob’yektlarini barpo etish va shu asosda aholining turmush madaniyatini yuksaltirish va dunyoqarashini kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

    "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlari bo‘yicha har yilgi tasdiqlanadigan asosiy parametrlarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan aniq choralar belgilaydi;


    v) zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini yaratish uchun telekommunikatsiya tarmoqlari va axborot tizimlari, shuningdek, pochta aloqasi va arxiv ob’yektlarining samarali faoliyatini tashkil etish sohasida:

    O‘zbekiston Respublikasining "Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida"gi va "Pochta aloqasi to‘g‘risida"gi qonunlariga muvofiq aholi maskanlari, binolar va inshootlarni loyihalashtirish hamda rivojlantirishda belgilangan normativlarga muvofiq telekommunikatsiya vositalari va pochta aloqasi ob’yektlarini joylashtirish nazarda tutilishini ta’minlaydi, telekommunikatsiya tarmoqlari va pochta aloqasi ob’yektlarida ro‘y bergan hodisalar oqibatlarini bartaraf etishda ko‘maklashadi;

    iqtisodiyot tarmoqlari va davlat boshqaruvi tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish va telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish orqali respublika iqtisodiyotining raqobatbardoshligini yanada oshiradi;

    "Xavfsiz shahar" loyihasini joriy etish doirasida tizimni muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlash va rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;

    O‘zbekiston Respublikasining "Arxiv ishi to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq davlat va idoraviy arxivlar hujjatlarining saqlanishi uchun tegishli darajadagi shart-sharoitlarni ta’minlash, ularning holati bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish choralarini ko‘radi va arxivlarni moliyalashtirish miqdorini aniqlaydi;

    g) transport va transport kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirish, tashishlarning yuqori darajadagi xavfsizligini ta’minlash sohasida:

    transport va transport kommunikatsiyalari sohasida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks o‘rganilishini tashkil etadi;

    transport va transport kommunikatsiyalari sohasining faoliyati masalalarida davlat organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini ta’minlaydi;

    raqobat muhitini shakllantirish, sohaga davlat-xususiy sheriklik tamoyillarini joriy etish, transport xizmatlari bozoridan teng foydalanilishini ta’minlash yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

    transport va transport kommunikatsiyalari sohasidagi korxonalarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish, ishlab chiqarish, investisiya, moddiy-texnika, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishni tashkil etadi;

    transport va transport kommunikatsiyalari sohasida yoqilg‘i-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;

    xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shaharlarning, shahar posyolkalarining, qishloqlarning va ovullarning ko‘chalarini rivojlantirish hududiy dasturlarini maxsus vakolatli organ bilan kelishgan holda ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;

    shaharlarning, shahar posyolkalarining, qishloqlar va ovullarning transport infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini maxsus vakolatli organ bilan kelishgan holda ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

    xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shaharlarning, shahar posyolkalarining, qishloqlarning va ovullarning ko‘chalarini joriy ta’mirlash, saqlash (shu jumladan, yoritish tizimlarini o‘rnatish), obodonlashtirishni tashkil etadi hamda hisobini yuritadi;

    shaharlarning, shahar posyolkalarining, xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarining, qishloqlar va ovullarning yo‘l-transport va yo‘l bo‘yi infratuzilmasini rivojlantirishni davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida amalga oshiradi;


    d) aholining sifatli kommunal xizmatlar bilan qamrab olinishini tubdan yaxshilash, ko‘p kvartirali uy-joy fondidan foydalanish tizimini takomillashtirish, hududning sanitariya va ekologik vaziyatini yaxshilash sohasida:

    kommunal xo‘jaligi sohasida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks o‘rganishni tashkil etadi;

    kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga xorijiy investisiyalar va innovasion g‘oyalar, texnologiyalarni jalb etish hamda kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlarini davlat-xususiy sheriklik asosida ishonchli boshqaruvga berish uchun shart-sharoitlar yaratadi;

    aholi punktlarini rivojlantirish sxemalariga va bosh rejalariga muvofiq suv ta’minoti, kanalizatsiya ob’yektlarini rivojlantirish, modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilishga doir dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;

    hududdagi davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlari bilan birgalikda uy-joy kommunal xo‘jaligi ob’yektlarini zamonaviy hisobga olish asboblari bilan jihozlashni, qurilish-montaj ishlari tannarxini pasaytirishni ta’minlovchi zamonaviy va sifatli mahalliy qurilish materiallarini keng qo‘llashni nazarda tutuvchi amaliy mexanizmlar hamda chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;

    suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti ob’yektlarini qurish davlat dasturlarini amalga oshirish, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini takomillashtirish, ko‘p kvartirali, shu jumladan eskirgan va avariya holatidagi uy-joylar holatini xatlovdan o‘tkazish ishlarini muvofiqlashtiradi;

    ko‘p kvartirali uy-joylarning tutash hududlarini obodonlashtirish, ko‘p kvartirali uy-joy fondini saqlash, ulardan foydalanish, ko‘p kvartirali uylardan texnik jihatdan foydalanish qoidalari talablariga rioya etilishini nazorat qiladi;

    issiqlik ta’minoti tizimlarini rivojlantirish, hududlarni obodonlashtirishga doir dasturiy hujjatlarning sifatli bajarilishini nazorat qiladi, ushbu soha tashkilotlarining faoliyati muvofiqlashtirilishi va boshqarilishini ta’minlaydi;

    uy-joy kommunal soha uchun kadrlar tayyorlash, xorijda o‘quv stajirovkalari tashkil etishni hisobga olgan holda, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, dasturiy mahsulotlarni, idoraviy axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasini joriy etish yuzasidan takliflar kiritadi;


    O‘zbekiston Respublikasining "Ekologik nazorat to‘g‘risida"gi Qonunini amalga oshirish doirasida tabiiy resurslarni asrab-avaylash va ulardan oqilona foydalanish yuzasidan ekologik nazorat sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari, davlat organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, tadbirkorlik sub’yektlari va boshqa tashkilotlarning fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar bilan o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtiradi;

    chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, hududda sanitariya va ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning fuqarolar hayoti va salomatligiga, atrof-muhitga zararli ta’sirining oldini olish, chiqindilar hosil bo‘lishini qisqartirish va xo‘jalik faoliyatiga jalb etilishini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

    ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlarining so‘zsiz va sifatli bajarilishi, shuningdek, biologik resurslarni saqlash, qayta tiklash va ulardan oqilona foydalanishga yo‘naltirilgan uzoq, o‘rta va qisqa muddatli hududiy ekologik dasturlarni ishlab chiqish ishlarini muvofiqlashtiradi;

    kanallarni sanitar tozalashni kompleks va tubdan yaxshilash, kanallarga tutash hududlarni sanitariya, ekologik norma va qoidalarga muvofiq obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish hamda qirg‘oq bo‘ylarida zamonaviy landshaft me’morchiligi usullarini qo‘llagan holda rekreasion hududlarni shakllantiradi;


    ye) davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish va chegarabo‘yi muammolarini hal qilish hamda aholini va hududlarni toshqinlar, sel oqimlari, qor ko‘chish va yer ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida:

    O‘zbekiston Respublikasining chegarabo‘yi hududida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatning har tomonlama va chuqur o‘rganilishini tashkil etadi, davlat chegarasini muhandislik-texnik jihatdan jihozlash bilan bog‘liq kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;

    toshqin suvlari va sel oqimlarini xavfsiz o‘tkazish imkoniyatlarini baholash hamda daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish joyini, hajmini va boshqa shart-sharoitlarini, suv oqimlari bo‘ylab joylashgan suv xo‘jaligi va boshqa ijtimoiy ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash bo‘yicha ustuvor himoyalash ishlarini belgilaydi;

    suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va xavfsiz o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha hududiy manzilli dasturlarni shakllantiradi hamda ularda belgilangan tadbirlarni o‘z muddatida va sifatli bajarilishini ta’minlaydi.

    Shuningdek, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosari quyidagi qo‘shimcha funksiyalarni amalga oshiradi:

    O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Hukumat qarorlarining bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;

    hududni, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik sohalarini rivojlantirishning o‘ta muhim va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda "yo‘l xaritalari" loyihalarining tayyorlanishini tashkil etadi va ijrosini ta’minlaydi;

    sohalar va yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini tahlil qilib boradi, ularning natijalari bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlanishi va hokimlik yig‘ilishlarida muhokama qilib borilishini tizimli asosda ta’minlaydi;

    kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha tegishli vazirlik, idora, tijorat banklari hududiy tuzilmalarining aniq ko‘rsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan faoliyatini tizimli baholaydi;

    tegishli vazirlik, idoralar, qo‘mitalarining hududiy tuzilmalari rahbarlari, tuman va shahar hokimlarining o‘rinbosarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘radi;

    hokimning topshiriqlariga binoan o‘ziga biriktirilgan yo‘nalish bo‘yicha hudud va tarmoqlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda iqtisodiy islohotlarning ustuvor vazifalari va dasturlari bajarilishini muvofiqlashtirib boradi;


    hududda ma’muriy va iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligining tizimli monitoringi olib borilishini va ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish, ularni rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi tashkil etilishini ta’minlaydi;

    davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha Hukumat delegatsiyasining yig‘ilishlari va tadbirlarida ishtirok etadi;

    davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish, chegarabo‘yi muammolarini hal qilish, nolegal migratsiya, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlar olib kirilishining oldini olish masalalari bilan bog‘liq tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshiradi;

    tuman va shahar hokimlarining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyati va javobgarligini oshirish choralarini ko‘radi hamda yil yakuni bo‘yicha ularning faoliyatini baholab boradi;

    tegishli komissiyalarga (kengashlar, guruhlar) samarali rahbarlik qiladi, viloyat va Toshkent shahar hokimi rahbarlik qiladigan komissiyalar (kengashlar) faoliyatini tashkil etadi va qarorlarining bajarilishi bo‘yicha nazoratni ta’minlaydi;

    belgilangan tartibda o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.