Qabul kunlari:Toyloq tumani hokimi jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini tuman hokimligi binosida haftaning har dushanba kunlari, Xalq qabulxonasi binosida haftaning chorshanba kunlari soat 9.00 dan 13.00 ga qadar qabul qiladi.
Babonazarov Bahodir Kadirovich 1976-yilning 2-sentyabrda Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy, 2008 yil Toshkent Iqtisodiyot universitetining buxgalteriya hisobi va audit mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1993-yilda Qo‘shrabot tumani jamoa xo‘jaligi ishchisi sifatida boshlagan.
1996 yildan 2001-yilgacha "Paxta bank" Samarqand viloyati boshqarmasi Qo‘shrabot filiali ish o‘rganuvchisi, iqtisodchisi, mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi,
2001-2003 yillarda "Paxta bank" Samarqand viloyati boshqarmasi xalqaro bank faoliyati bo‘limi mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi,
2003-2005 yillarda "Paxta bank" Samarqand viloyati boshqarmasi Jomboy filiali bosh hisobchisi,
2005-2008 yillarda "Paxta bank" Samarqand viloyati boshqarmasi Jomboy filiali iqtisodiy bo‘lim boshlig‘i-filial boshqaruvchisi o‘rinbosari,
2008-2009 yillarda "Paxta bank" Samarqand viloyati boshqarmasi Payariq filiali boshqaruvchisi,
2009-2012 yillarda "Agrobank" Samarqand viloyati boshqarmasi Payariq filiali boshqaruvchisi,
2012-2014 yillarda "Agrobank" Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i,
2014-2018 yillarda "Agrobank" Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i,
2018-yilning 1-avgustidan Toyloq tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi,
2019-yilning yanvar oyida Toyloq tumani hokimi lavozimida ishlab kelmoqda.
Vazifa va funksiyalari
Quyidagilar tuman hokimining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Tuman hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi aloqalarni, aholini tumanni boshqarishga jalb etishni ta’minlaydi;
o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida tegishli hududdagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qiladi;
berilgan vakolatlari doirasida tuman tashkilotlari rahbarlarini tayinlaydi va amaldagi tartibga asosan tuman Kengashi tasdigiga kiritadi. Shuningdek, tegishli bo‘lim, boshqarma, korxona va tashkilotlar rahbarlarini saylash va tayinlash bo‘yicha yuqori turuvchi idoralariga takliflar kiritadi;
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimi qabul qilgan va chiqargan hujjatlarni bajarmaganliklari uchun mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida qonunda belgilangan tartibda taqdimnoma kiritadi;
tumandagi mahalliy davlat hokimiyati ijroiya organlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi talablarini, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, Oliy Majlis palatalari qarorlarini, Prezident Farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining, shuningdek xalq deputatlari tuman Kengashining hamda tuman hokimining qarorlari va farmoyishlarini bajarish bo‘yicha faoliyatlarini nazorat qiladi;
zaruriyatga qarab, ammo bir yilda kamida 2 marta xalq deputatlari tuman Kengashining sessiyasini chaqiradi, sessiyani olib boradi, kun tartibiga kiritiladigan masalalarni taklif qiladi, uning hujjatlarini imzo qo‘yib tasdiqlaydi;
olib borayotgan ishlari va rahbarlik qilayotgan boshqaruv organlarining faoliyati haqida yilda bir marta xalq deputatlari tuman Kengashiga axborot beradi;
tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlar, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar idoralari bilan hamkorlikda ish olib boradi;
yangi texnologiyalar va texnikalarni joriy qilish orqali iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, bunda yangiliklarni o‘zlashtirishga yuqori darajadagi qobiliyatli ilmiy va intellektual salohiyatdan samarali foydalanish choralarini ko‘radi;
davlat strategik va safarbarlik zaxiralarini shakllantirishni,
shu jumladan, ularni to‘plash, saqlash va yangilab borishni, shuningdek davlat strategik va safarbarlik zaxiralaridan belgilangan tartibda tezkorlik bilan foydalanishga doimiy tayyor bo‘lishni ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish, chegaralar yaqinidagi muommalarni hal etish, nolegal migratsiyaga qarshi kurashish, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlarni noqonuniy olib kirish masalalari bilan bog‘liq tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshiradi;
Tuman hokimi o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan hujjatlar tuman hududida joylashgan barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir.
Babonazarov Bahodir Kadirovich
Lavozimi: Toyloq tumani hokimi
Qabul kunlari:Toyloq tumani hokimi jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini tuman hokimligi binosida haftaning har dushanba kunlari, Xalq qabulxonasi binosida haftaning chorshanba kunlari soat 9.00 dan 13.00 ga qadar qabul qiladi.
E-mail:tayloq@umail.uz
Telefon raqami:(8366) 231-99-23
Babonazarov Bahodir Kadirovich 1976-yilning 2-sentyabrda Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy, 2008 yil Toshkent Iqtisodiyot universitetining buxgalteriya hisobi va audit mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1993-yilda Qo‘shrabot tumani jamoa xo‘jaligi ishchisi sifatida boshlagan.
1996 yildan 2001-yilgacha "Paxta bank" Samarqand viloyati boshqarmasi Qo‘shrabot filiali ish o‘rganuvchisi, iqtisodchisi, mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi,
2001-2003 yillarda "Paxta bank" Samarqand viloyati boshqarmasi xalqaro bank faoliyati bo‘limi mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi,
2003-2005 yillarda "Paxta bank" Samarqand viloyati boshqarmasi Jomboy filiali bosh hisobchisi,
2005-2008 yillarda "Paxta bank" Samarqand viloyati boshqarmasi Jomboy filiali iqtisodiy bo‘lim boshlig‘i-filial boshqaruvchisi o‘rinbosari,
2008-2009 yillarda "Paxta bank" Samarqand viloyati boshqarmasi Payariq filiali boshqaruvchisi,
2009-2012 yillarda "Agrobank" Samarqand viloyati boshqarmasi Payariq filiali boshqaruvchisi,
2012-2014 yillarda "Agrobank" Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i,
2014-2018 yillarda "Agrobank" Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i,
2018-yilning 1-avgustidan Toyloq tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi,
2019-yilning yanvar oyida Toyloq tumani hokimi lavozimida ishlab kelmoqda.
Vazifa va funksiyalari
Quyidagilar tuman hokimining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Tuman hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi aloqalarni, aholini tumanni boshqarishga jalb etishni ta’minlaydi;
Qonunlarning hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlarining, yuqori turuvchi organlar va xalq deputatlari tuman Kengashi qarorlarining ijrosini tashkil etadi;
o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida tegishli hududdagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qiladi;
jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, ularning huquqlarini himoya qilish va salomatligini muhofaza etish bilan bog‘liq chora-tadbirlar ko‘radi, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda tegishli ishlarni tashkil etadi;
aholini qabul qilishni tashkil etadi, fuqarolarning shikoyatlari, arizalari va takliflarini qarab chiqadi, joylarda tashkil etilgan “Xalq qabulxonalari” ni faoliyat ko‘rsatishiga har tomonlama ko‘maklashadi va ular tomonidan tashkil etiladigan qabullarda ishtirok etadi;
tumanni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini, tuman byudjetining asosiy ko‘rsatkichlarini va ularning ijrosiga doir hisobotlarni xalq deputatlari tuman Kengashining sessiyasi tasdig‘iga taqdim etadi;
Samarqand viloyati hokimligi bilan kelishilgan holda tuman hokimining o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi. Ushbu masalaga doir qabul qilgan qarorlarini tegishli Kengashlarning tasdig‘iga kiritadi;
hokimlik bo‘linmalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi
va lavozimdan ozod qiladi;
berilgan vakolatlari doirasida tuman tashkilotlari rahbarlarini tayinlaydi va amaldagi tartibga asosan tuman Kengashi tasdigiga kiritadi. Shuningdek, tegishli bo‘lim, boshqarma, korxona va tashkilotlar rahbarlarini saylash va tayinlash bo‘yicha yuqori turuvchi idoralariga takliflar kiritadi;
rahbarlari tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ijroiya hokimiyati struktura bo‘linmalarining ishini nazorat qiladi;
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimi qabul qilgan va chiqargan hujjatlarni bajarmaganliklari uchun mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida qonunda belgilangan tartibda taqdimnoma kiritadi;
Davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir iltimosnomalarni qarab chiqadi va takliflar kiritadi;
respublika va xorijda tumanning rasmiy vakili sifatida ish ko‘radi;
o‘ziga berilgan vakolatlari doirasida umum manfaatni ifodalovchi tadbirlar o‘tkazish, qo‘shimcha korxonalar, xo‘jalik tashkilotlari tuzish uchun, turli tarmoqlar va boshqaruv sohalarida faoliyatlarni uyg‘unlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi boshqa tuman va shaharlarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan shartnomalar asosida o‘zaro munosabatlar o‘rnatadi;
tumandagi mahalliy davlat hokimiyati ijroiya organlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi talablarini, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, Oliy Majlis palatalari qarorlarini, Prezident Farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining, shuningdek xalq deputatlari tuman Kengashining hamda tuman hokimining qarorlari va farmoyishlarini bajarish bo‘yicha faoliyatlarini nazorat qiladi;
zaruriyatga qarab, ammo bir yilda kamida 2 marta xalq deputatlari tuman Kengashining sessiyasini chaqiradi, sessiyani olib boradi, kun tartibiga kiritiladigan masalalarni taklif qiladi, uning hujjatlarini imzo qo‘yib tasdiqlaydi;
olib borayotgan ishlari va rahbarlik qilayotgan boshqaruv organlarining faoliyati haqida yilda bir marta xalq deputatlari tuman Kengashiga axborot beradi;
tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlar, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar idoralari bilan hamkorlikda ish olib boradi;
yangi texnologiyalar va texnikalarni joriy qilish orqali iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, bunda yangiliklarni o‘zlashtirishga yuqori darajadagi qobiliyatli ilmiy va intellektual salohiyatdan samarali foydalanish choralarini ko‘radi;
davlat strategik va safarbarlik zaxiralarini shakllantirishni,
shu jumladan, ularni to‘plash, saqlash va yangilab borishni, shuningdek davlat strategik va safarbarlik zaxiralaridan belgilangan tartibda tezkorlik bilan foydalanishga doimiy tayyor bo‘lishni ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish, chegaralar yaqinidagi muommalarni hal etish, nolegal migratsiyaga qarshi kurashish, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlarni noqonuniy olib kirish masalalari bilan bog‘liq tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshiradi;
hokim rejalashtirish, byudjet, moliya, hisob-kitob, tuman, mulkini boshqarish, mulkchilikning turli shakliga mansub korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan hamjihatlik qilish, qishloq xo‘jaligi, yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish, transport, yo‘l xo‘jaligi va aloqa, aholiga kommunal, savdo va ijtimoiy-madaniy xizmat ko‘rsatish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qonuniylik, huquq-tartibot va xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlarida o‘z vakolatiga berilgan boshqa masalalarni ham hal etadi.