Barcha tijorat tashkilotlari diqqatiga!
Submitted by tadmin on 22.11.2022 - 14:21 Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslar (kichik korxonalar, mikrofirma va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridan tashqari), tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari va notijorat tashkilotlar tomonidan “Tashkilot faoliyati to‘g‘risida hisobot” 12-korxona shakli (oylik) statistika hisobotini 2022- yilning 5- dekabr sanasidan kechiktirmasdan taqdim etishingizni so‘raymiz.
Murojat uchun tel (66) 666-57-75
----------------------------------------------------------------------------------------------------------------
Barcha yirik tijorat yuridik shaxslar, ularning alohida bo‘linmalari diqqatiga!
Yirik tijorat yuridik shaxslar, ularning alohida bo‘linmalari (sug’urta tashkilotlari, banklar, fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) 12-moliya shakli (oylik) statistika hisobotini 2022- yilning
18- dekabr sanasidan kechiktirmasdan taqdim etishlari shart!
Murojat uchun tel 66 666 57 75
--------------------------------------------------------------------------------------------------------------
KORXONA VA TASHKILOTLAR HISOBCHILARI DIQQATIGA!
Xarid qilingan asosiy qurilish materiallari, qismlar va konstruksiyalar narxlari to‘g‘risidagi hisobot pudrat qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar tomonidan 12-narx (qurilish) shakli (oylik) statistika hisobotini hisobot davrining
17 sanasidan kechiktirmay taqdim etishingizni so‘raymiz.
Murojat uchun tel (66) 666 57 75
------------------------------------------------------------------------------------------------------------------
KORXONA VA TASHKILOTLAR HISOBCHILARI DIQQATIGA!
Sanoat faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslar, ularning alohida bo‘linmalari tomonidan ishlab chiqaruvchilarning sanoat mahsulotlari narxlari to‘g‘risidagi 12-narx (sanoat) shakli (oylik) statistika hisobotini hisobot davrining
20 sanasidan kechiktirmay taqdim etishingizni so‘raymiz.
Murojat uchun tel: (66) 666 57 75.
Toyloq tuman statistika bo’limi.