1-5 noyabr kunlari internet tarmog‘i orqali aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olishda faol ishtirok eting.
Submitted by tadmin on 03.11.2021 - 11:58
Aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish joriy yilning 1-5 noyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Onlayn tadbirda census.stat.uz havolasi orqali O‘zbekistondagi va xorijdagi barcha fuqarolar ixtiyoriy qatnashishi mumkin.
Unutmang, Sizning ishtirokingiz mamlakatimizning kelgusidagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu munosabat bilan ro‘yxatga olish jarayonlarida faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.
Toyloq tumani statistika bo‘limi