BARCHA TADBIRKORLAR DIQQATIGA!

    Samarqand viloyat Toyloq tuman hokimligi ijtimoiy soha ob’ektlarining issiqlik tizimini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish bo’yicha tanlov komissiyasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi “Ijtimoiy soha ob’ektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish to’g’risida”gi PQ-118-sonli qaroriga asosan tumandagi
124 ta ijtimoiy soha, jumladan 62 maktablar, 45 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 13 ta sog’liqni saqlash muassasalari va 4 ta madaniyat va sport obyektlarida isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish ishlarini amalga oshirish uchun quyidagi 8 ta lotlarga jami 19 006,9 mln so’mga tanlov e’lon qiladi:

1-lot

Tumanning 1-sektor hududidagi 20 ta ijtimoiy muassasalarni jumladan, 9 ta maktablar, 7 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti, 4 ta sog’liqni saqlash tashkilotlarini isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish. Obyektlarning loyiha-smeta hujjatlariga asosan qiymati 2 415,2 mln so’m.

2-lot

Tumanning 1-sektor hududidagi 20 ta ijtimoiy muassasalarni jumladan, 9 ta maktablar, 10 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti, 1 ta sog’liqni saqlash tashkilotlarini isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish. Obyektlarning loyiha-smeta hujjatlariga asosan qiymati 2 854,1 mln so’m.

3-lot

Tumanning 2-sektor hududidagi 17 ta ijtimoiy muassasalarni jumladan, 8 ta maktablar, 5 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti, 3 ta sog’liqni saqlash va 1 ta sport tashkilotlarini isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish. Obyektlarning loyiha-smeta hujjatlariga asosan qiymati 4 055,8 mln so’m.

4-lot

Tumanning 2-sektor hududidagi 17 ta ijtimoiy muassasalarni jumladan, 9 ta maktablar, 1 ta Barkamol avlod bolalar markazi, 4 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti, 1 ta sog’liqni saqlash va 2 ta madaniyat va musiqa maktablarini isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish. Obyektlarning loyiha-smeta hujjatlariga asosan qiymati 1 933,5 mln so’m.

5-lot

Tumanning 3-sektor hududidagi 15 ta ijtimoiy muassasalarni jumladan, 6 ta maktablar, 7 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti, 1 ta sog’liqni saqlash va 1 ta madaniyat tashkilotlarini isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish. Obyektlarning loyiha-smeta hujjatlariga asosan qiymati 2 190,4 mln so’m.

6-lot

Tumanning 3-sektor hududidagi 15 ta ijtimoiy muassasalarni jumladan, 8 ta maktablar, 6 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti, 1 ta sog’liqni saqlash tashkilotlarini isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish. Obyektlarning loyiha-smeta hujjatlariga asosan qiymati 1 668,5 mln so’m.

7-lot

Tumanning 4-sektor hududidagi 9 ta ijtimoiy muassasalarni jumladan, 6 ta maktablar va 3 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarini isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish. Obyektlarning loyiha-smeta hujjatlariga asosan qiymati 1 852,9 mln so’m.

8-lot

Tumanning 4-sektor hududidagi 11 ta ijtimoiy muassasalarni jumladan, 6 ta maktablar, 3 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti va 2 ta sog’liqni saqlash tashkilotlarini isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish. Obyektlarning loyiha-smeta hujjatlariga asosan qiymati 2 036,6  mln so’m.

Ma’lumot uchun, PQ-118-sonli qarorga asosan loyihalarni amalga oshirishda modernizatsiya qilish va ta’mirlash xarajatlari uchun talab etiladigan investitsiya mablag’lari xususiy sheriklar va Davlat budjeti mablag’lari hisobidan ajratiladi hamda xususiy sheriklarning ulushi kamida 50 foiz va ob’ektlarni ekspluatatsiya qilish muddati 10 yilni tashkil etadi.

Loyihalarni boshqarish va ekspluatatsiya qilish davri davomida xususiy sheriklar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar 2023-yilda mahalliy budjet parametrlarida ushbu maqsadlar uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lar, shuningdek, mavjud shtat birliklarini qisqartirish hamda energiya resurslarini tejash hisobiga iqtisod qilinadigan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.

Isitish qozonlari ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha xorijdan olib kelinadigan (import qilinadigan), respublikada ishlab chiqarilmaydigan tovarlar 2025-yilning 1-yanvariga qadar bojxona bojidan ozod qilinadi.

Tender tashkilotchisi: Toyloq tuman hokimligi. Toyloq tuman Amir Temur ko’chasi, 22-uy

2015-2018 © GOVERNMENT OF TAYLOKH DISTRICT. Maked my SAKTRM