Navbatdagi sessiya chaqirilmoqda

Deputatlar diqqatiga!

    “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asosan joriy yilning 28 aprel kuni soat 15:00 da Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining navbatdagi ellik beshinchi sessiyasi chaqirilmoqda.
    Tadbir tuman hokimligi majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilishi rejalashtirilmoqda:

   1. Tumandagi sud organlarining 2022-yil I-chorak davomida fuqarolar huquqlari va erkinliklari, shuningdek, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qilish, tumanda qonun ustuvorligining ta’minlanishi bo‘yicha amalga oshirishga doir faoliyatlari to‘g‘risida”gi axborotlari haqida.

    2. Tumanda maktabgacha taʼlim tizimining bugungi kundagi holati, uning sifat va samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda istiqboldagi vazifalar yuzasidan tuman Maktabgacha taʼlim bo‘limi mudiri A.Mirzayevning hisoboti to‘g‘risida.

        3. Mahallalarda, ayniqsa, chekka qishloqlarda aholini qiynab kelayotgan, ularning haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan tizimli muammolarni aniqlash hamda hal etish choralarini ko‘rish bo‘yicha tuman Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i B.Xushnazarovning axboroti to‘g‘risida.

        4. Tuman hokimligi Ijro intizomi nazorati bo‘yicha bosh mutaxassisi K.Xamroyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-sonli Farmonida belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan axboroti to‘g‘risida.

        5.Tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻining jamoat xavfsizligi boʻyicha oʻrinbosari Sh.Tursunovning tumanda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati yuzasidan hisoboti to‘g‘risida

        6.Tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Sh.Sharipovning mahalliy byudjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida byudjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risidagi hisoboti.

        7. Tumandagi sektorlar rahbarlarining sektor hududida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” asosida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha hisobotlari to‘g‘risida.

        8. Tuman hokimi oʻrinbosari J.Haqberdiyevning tumanda yoshlar muammolarini oʻrganish, ularning hal etilishiga koʻmaklashish, yosh avlodning iste’dodi va qobiliyatlarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha sharoitlar yaratish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisoboti.

       9. Tuman Irrigatsiya bo‘limi boshlig‘i B.Axadovning “Suv resurslarini boshqarish, suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini yaxshilash, shuningdek, tumanlarda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati to‘g‘risida”gi hisoboti.

        10. Tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari F.Najmiddinovning tuman hududida qurilish sohasida yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida amalga oshilgan ishlar ahvoli haqidagi hisoboti to‘g‘risida.

      11. Tuman hokimligi Bolalarni himoya qilish masalalari shu’basi mudiri B.Ruziyevning 2022-yil I-chorak davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti haqida

      12. 2022-yil I-chorak yakuni bilan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisoboti to‘g‘risida

      13. Tumanda sektorlar kesimida “Temir daftar”ga kiritilgan, hozirda doimiy daromad manbai bilan taʼminlangan fuqarolarni kambagʻal oilalar roʻyxatidan chiqarish va oilaviy sharoiti oʻgʻir, koʻmakka muhtoj fuqarolarni “Temir daftar”ga kiritish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasidan mablagʻ ajratish toʻgʻrisida    

    14. Yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida tuman “Yoshlar daftari” jamgʻarmasidan mablagʻ ajratish va sarflanishini nazorat etish toʻgʻrisida

     15.Boshqa masalalar.

2015-2018 © GOVERNMENT OF TAYLOKH DISTRICT. Maked my SAKTRM